“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, deyiladi Mun Chjye Inning Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.

Avvalroq, O‘zbekiston va Janubiy Koreya yaqin orada erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgan edi. Hujjat tashrif davomida imzolanishi mumkin. Bundan tashqari, Koreya tomoni O‘zbekistondan migrantlar uchun chegaralarni qisman ochishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilda koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 400 million dollargacha bo‘lgan investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Yuqori texnologiyali tarmoqlarda qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 55 ta yangi loyiha tayyorlanmoqda.