Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev shu yil oxirigacha Qozog‘istonga boradi
Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.
Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbarlarining suhbatida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
«Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, sanoat, mashinasozlik, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berildi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ko‘p qirrali Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida suhbatdoshlar joriy yil oxirigacha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum bo‘ldi.
«Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bo‘lajak muzokaralarni yuqori darajada mazmunli o‘tishini ta'minlash vazifasi topshirildi», — deya xulosa qilingan Oqo‘rda xabarida.
Mavzuga oid
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026