Navoiyda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi IV an'anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda 10 dan ortiq chet davlatdan navoiyshunos olimlar ishtirok etyapti.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Navoiy viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Alisher Navoiy xalqaro jamoat birlashmasi hamkorligida to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiyada 70 nafardan ortiq dunyoning yetuk navoiyshunos olimlari qatnashmoqda. Xususan, konferensiyaga AQSh, Kanada, Albaniya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Eron, Mongoliya, Tojikiston, Tatariston va boshqa bir qator davlatlardan olimlar tashrif buyurgan.


Ishtirokchilar tomonidan sho‘'balarga bo‘lingan holda Navoiy ijodiyotining ma'no, mavzu, diniy va tasavvufiy qatlamlari, chet ellarda o‘rganilishi, davlatchilik va rahbar ma'naviyati haqidagi qarashlari, hozirgi o‘zbek tili, adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro anjuman ishi natijalari bo‘yicha tegishli ilmiy xulosalar qilinib, bir qator takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor
Jahon | 10:33
-
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:11
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

14:10 / 08.02.2025
Navoiyda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda

08:10 / 04.10.2023
Eronda Alisher Navoiy haqida film suratga olinishi mumkin

13:31 / 16.02.2023