Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada bemorga dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printerda bosilgan sun'iy ko‘z o‘rnatildi
Britaniyalik oftalmologlar dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printerda bosilgan ko‘z protezini o‘rnatish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, sun'iy ko‘z 20 yil avval chap ko‘zini yo‘qotgan va o‘shandan beri ko‘z protezidan foydalanib kelgan Stiv Verze ismli bemorga o‘rnatilgan. U har 5 yil protezni almashtirib turishiga to‘g‘ri kelgan.
Ta'kidlanishicha, yangi protez uzoqroq muddatga yaroqli bo‘lib, uning yaratilishi va o‘rnatilishi kamroq vaqt talab etadi.
Bemorning aytishicha, yangi “ko‘z” avvalgilariga nisbatan haqiqiy ko‘zga yaqinroq bo‘lib, unga o‘ziga ishonch qaytishida yordam beradi.
Jarrohlik amaliyoti Britaniya milliy sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan moliyalashtiriluvchi tadqiqot doirasida o‘tkazilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda ko‘zini yo‘qotgan britaniyaliklarning aksariyati ko‘z protezi o‘rnatish uchun jarrohlik amaliyotidan keyin 4-5 oy vaqt kutishlariga to‘g‘ri keladi. Yana 6 hafta protezni tayyorlash va o‘rnatish uchun ketadi.
Yangi metodika esa bu davrni 3 haftagacha qisqartirish imkonini beradi va protezning haqiqiy ko‘zga o‘xshashligini kafolatlaydi.
Ma'lum qilinishicha, ko‘z protezining 3D-printerda bosilishi 2,5 soat vaqt oladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.11.2025
Xorijdan keladigan «ko‘z shox pardasi» bioprotezlari uchun alohida tartib joriy etildi
23:17 / 29.10.2025
Olimlar 3D-printerda chop etilgan yuzni ilk marotaba odamga ko‘chirib o‘tkazdi
21:13 / 07.10.2025
Ko‘z ostidagi ko‘karishlar: go‘zallik inqirozimi yoki sog‘liq muammosi?
13:51 / 05.10.2025