Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston Milliy gvardiyalari hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
Joriy yilning 24 noyabr kuni Tojikiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-leytenant Bobojon Jamolzoda boshchiligidagi delegatsiya ilk bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, MG markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda har ikki tomon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy ustuvor masalalarini muhokama qildi.
Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzolab, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishga kelishib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, G‘alaba bog‘i hamda Milliy gvardiyaning qator bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026