O‘zbekiston | 08:49 / 26.11.2021
3790
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning bojxona idorasi vakolatxonalari ochiladi

Rossiya hukumati taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya bojxona xizmatlarining vakolatxonalari ochiladi. Rossiya prezidentining tegishli farmoyishi 24 noyabr kuni huquqiy axborot rasmiy internet portalida e'lon qilindi.

Foto: centralasia

«Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi Bitimni imzolash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin», deyiladi hujjatda. 

Rossiya Federal bojxona xizmatiga O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borish va Rossiya hukumati nomidan mazkur shartnomani imzolash topshirildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Moskvaga tashrif buyurdi. Tashrif yakunlari bo‘yicha 39 ta hujjat imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida mamlakatlar o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi bo‘yicha kelishuv ham bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid