Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sib borayotganidan xavotir bildirdi
Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, “bu ko‘pincha noqonuniy migratsiya muammosi bilan bog‘liq”.
Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sib borayotganidan xavotirlanayotganini aytdi.
“Migrantlar orasida jinoyatchilikning kuchayishi jiddiy xavotir uyg‘otadi: joriy yilning 9 oyi davomida xorijlik fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 4 foizga oshgan”, — dedi u.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, “bu ko‘pincha noqonuniy migratsiya muammosi bilan bog‘liq”.
“Mamlakatimizda bo‘lish muddatini buzgan holda yurgan xorijlik fuqarolar kam emas, ular davlat tuzilmalari e'tiboridan chetda qolmoqda, ularni o‘z vatandoshlari jinoyatlarga boshlamoqda”, — dedi u.
Shuningdek, Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari tashkiliy shakldagi mehnat migratsiyasini rivojlantirishga chaqirdi. U bu borada fuqarolarni tashkiliy tarzda ishga jo‘natish bo‘yicha O‘zbekiston bilan amalga oshirilayotgan loyihani aytib o‘tdi.
Avvalroq Rossiya qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin O‘zbekistondan Rossiyaga soddalashtirilgan tartib bo‘yicha ishga borish uchun 5 ming nafar quruvchi tanlab olinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:13 / 19.06.2026