Jamiyat | 14:56 / 29.11.2021
1234
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘zi ishlayotgan MChJning yirik miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Getty Images

Qashqadaryo viloyatida o‘zi ishlayotgan MChJning 319,7 million so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M-S.” MChJ rahbari o‘rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib MChJ pullarini o‘zlashtirgani aniqlangan.

Ular 2021 yilning mart-oktabr oylarida MChJning 319,7 million so‘m pul mablag‘ini bank plastik kartasiga o‘tkazib, o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab talon-toroj qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid