«Kim bilandir bu borada raqobatlaşmayman. Aynan kimnidir yutişni xohlamayman. Men özim uçun, jamoalarim va muxlislarim uçun ğalaba qozonaman.
Faoliyatimdagi eng katta maqsad – öz klubim va terma jamoam uçun turli darajadagi sovrinlar olib beriş. Eng katta maqsad – professional futbolçi böliş niyatidagilarga motivatsiya beriş. Eng katta maqsad – futbol tarixida öz nomimni oltin harflar bilan yozib qoldiriş»
(Kriştianu Ronaldu «Oltin töp» haqida)
Yaqinda «Frans futbol» muharriri Paskal Ferre Kriştianu Ronaldu «Oltin töp»lar soni böyiça Messidan ötib ketişni maqsad qilgani haqida aytib ötgandi. Ronaldu uni yolğonçilikda aybladi va yuqoridagi sözlarni aytdi. Ya'ni jamoaviy sport bilan şuğullanadigan inson şaxsiy sovrinlarni hayotining boş maqsadiga aylantirişi mumkinmi yoki «Oltin töp» şunçaki qöşimça bonusmi? Nima deb öylaysiz?
«Oltin töp» masalasi, bu sovringa kim haqli-yu, kimga nohaq topşirildi, degan savollar köpayib ketdi. Şu mavzuda şaxsiy fikrim quyidagiça:
Men uçun «Oltin töp» futbolda, hatto tarixiy nuqtayi nazardan ham kiçik ahamiyatga ega bölgan sovrin. Bir paytlar bunday tortişuvlar, janjallar, ziddiyatlar bölmasdi, futbol musobaqalari fonida ötib ketadigan, şunçaki tadbir edi, xolos.
Bir paytlar şaxmatda Karpov–Kasparov, boksda Tayson–Lyuis kabi raqiblar uşbu sport darajasini qay tariqa taxta yoki ringdan taşqariga köçira olgan bölsa, Messi va Ronaldudan şunday foydalanişdi. Futbol maydondan taşqariga çiqdi. Uşbu ikki ajoyib futbolçining öz jamoalari libosida biror sovrin uçun kuraşişlari ança zavqli tomoşa. Şuning özi yetmasdan, endi bu ikki futbolçi raqobatini maydondan taşqariga, tadbir zaliga köçirişdi. Ön yildan beri deyarli har yili biz xuddi Karpov va Kasparov, Tayson va Lyuis singari, jamoaviy sportning ikki yulduzining özaro kuraşi imitatsiyasini kuzatişga majburmiz. Özingizni bundan qutqaring.
Tasavvur qiling, bir neça bolaga topşiriq berildi: «Eng kuçli hayvonning nomini yozib topşiring». Bir bola oğirroq yuk kötarişini inobatga olib, filga ovoz beradi. Kimdir örmon qiroli deb şerga. Yana biri sirkda öynamaydi-ku, degan maşhur naqlga amal qilib, börini tanlaydi. Yakuniy natijani taxmin qiliş qiyin. Bu safar şer, kelasi safar, aytaylik, ba'zi bolalar almaşsa, fil ğolib kelişi mumkin. Nega ötgan yil örmon qiroli bölgani uçun şer edi, bu safar oğir yuk kötaradi, deb filga berildi? Ölçov qani, deb tortişib yurişdan ma'no bormi?
Agar bolalarga «eng kuçli» deganda qaysi ölçov nazarda tutilgani aytilsa, yakuniy natija tuşunarli bölardi. «Eng oğir yuklarni kötaruvçi» deb ma'no berilsa, bir safar fil, kelasi safar, agar nomzodlar içida fil yöq bölsa, tuya ğolib keladi, hammasi tuşunarli.












