Kriştianu Ronaldu tarixdagi birinçi milliarder futbolçiga aylandi. Amerikaning Bloomberg kompaniyasi uning boyligini 1,4 milliard dollarga baholagan. U köp vaqt davomida reklama va şaxsiy brendlari orqali millionlab mablağ işlab topgan, ammo aynan «An-Nasr» bilan şartnomasi unga milliardlik dovondan ötiş imkonini berdi.

40 yoşli hujumçi joriy yil yozida Saudiya Arabistoni klubi bilan şartnomasini yana ikki yilga uzaytirgandi. Manba ma’lumotiga köra, kelişuv qiymati 400 million dollarga teng. Kriştianu yiliga 200 million dollarlik maoş oladi, kelişuvni imzolaşga rozilik bergani uçun yana 30 million dollarlik bonus oladi. Şuningdek, Ronaldu klubda 15 foizlik uluşga ega.

Bloomberg hisob-kitoblariga köra, 2002 yildan 2023 yilga qadar Ronaldu «Mançester Yunayted», «Real» va «Yuventus» kabi grand klublar bilan şartnomalari orqali 550 million dollardan ortiq mablağ işlab topgan – bu faqat maoşlarni öz içiga oladi, reklamalar hisobda emas. U Armani va Castrol kabi brendlar bilan şartnoma kelişuvlariga ega, Nike bilan ön yillik şartnomasi esa unga yiliga 18 million dollardan daromad keltirgan.

Şuningdek, futbolçi şaxsiy loyihalarini ham rivojlantirgan: CR7 brendi ostida Pestana CR7 Hotels mehmonxonalar tarmoği (Portugaliyaning Pestana guruhi bilan hamkorlikda) va CR7 Fitness fitnes-markazlari işlaydi. U padel-kortlarga sarmoya kiritgan, kiyim, oyoq kiyimlar, içki kiyimlar, parfyumeriya va aksessuarlar işlab çiqarişni yölga qöygan. 2024 yilda u Ispaniyadagi çinni işlab çiqaruvçi kompaniyaga investitsiya kiritgan. Bloomberg uning biznes-aktivlari qiymatini 300 million dollardan yuqoriroq baholagan.

Materialda qayd etilişiça, Ronaldu endi moliyaviy jihatdan Lionel Messini ança katta farq bilan ortda qoldirmoqda, argentinalik futbol yulduzining boyligi 600 million dollar atrofida baholangan.

Ronaldu milliardlik dovondan ötgan ilk futbolçi, ammo u bu boradagi birinçi sportçi emas. Bungaça Maykl Jordan (Forbes baholaşiça — 3,8 milliard dollar boylikka ega) va Rodjyer Federer (1,3 milliard dollar atrofida) kabilar bu röyxatga kirib bölgandi.

Bloomberg aynan «An-Nasr» bilan şartnoma Krişni milliarderga aylantirganini qayd etgan. Saudiya klublari hozirda katta pullar sarflamoqda. FootyStats ma’lumotiga köra, ligada eng yuqori maoş oluvçi futbolçilar röyxatida Karim Benzema, Ngolo Kante va Sadio Mane kabi yulduzlar ham bor.