O‘zbekistonda kichik gidrostansiyalar qurishga xususiy sektor jalb etiladi
Gidroenergetika sohasidagi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni gidroenergetika sohasidagi loyihalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
«Mamlakatimizda energetika sohasi keng ko‘lamda rivojlantirilmoqda. Neft, gaz kabi uglevodorodlar bilan cheklanib qolmasdan, quyosh, shamol va suvdan elektr energiyasi olish inshootlari barpo etilmoqda.
Xususan, 2017 yilda prezident farmoni bilan «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 11 ta yangi gidroelektrstansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Lekin, yurtimizning gidroenergetika salohiyati 50 foiz ishga solingan, xolos. Shu bois jami 740 megavatt quvvatli 21ta yirik loyiha ishlab chiqilgan. Xususan, kelgusi yilda 170 megavattli 7ta, 2023-2024 yillarda 150 megavattli 12ta hamda 2025-2026 yillarda 420 megavattli 2ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda ushbu inshootlarni sifatli qurish va barqaror ishlashini ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Davlat rahbari to‘g‘on talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida e'tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini ta'kidladi.
Bugungi kunda 22ta shunday istiqbolli maydon ro‘yxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan mini gidroelektrstansiyalar qurish bo‘yicha tender e'lon qilinishi belgilandi.
Shuningdek, Norin, So‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugom kabi daryolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar o‘rnatish imkoniyati bor. Tadbirda qayd etilganidek, bunday joylar ro‘yxati aholi va tadbirkorlarga e'lon qilinadi. Bunda quyosh, shamol elektr stansiyalari o‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bo‘lsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanilishi belgilandi.
Gidroinshootlarni ishlatish uchun malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Texnika, irrigatsiya va arxitektura yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida bunga alohida ahamiyat qaratish, ularda qurilish hamda gidravlik laboratoriyalar tashkil etish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

09:59 / 25.01.2025
Yangi gidroenergetik quvvat manbai – Zarchob 2a kichik GES ishga tushirildi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024