Bu borada, gidroenergetika sohasida yangi GESlarni quriş va işga tuşiriş, mavjudlarini izçil modernizatsiya qiliş borasida “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan keng kölamli amaliy faoliyat olib borilmoqda. Prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan zaruriy normativ-huquqiy asoslar yanada mustahkamlanib, istiqbolli investitsiyaviy dasturlar asosida istiqbolli loyihalar hayotga izçil tatbiq etilmoqda.

Bugun, 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Töpalang daryosi böyida yangidan barpo etilgan Zarçob 2a kiçik GESning rasmiy oçiliş marosimiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.


Oçiliş marosimida “Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov, viloyat hokimi Uluğbek Qosimov, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, hududiy tizim korxonalari vakillari, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Tadbirni kiriş sözi bilan Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov oçib berdi hamda “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan barpo etilayotgan bu kabi istiqbolli loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga muhim hissa qöşayotgani, çekka tumanlar hamda aholi farovonligi uçun katta imkoniyatlar yaratayotganini alohida qayd etdi.

Söngra sözga çiqqan “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov tomonidan bugungi kunda prezidentimiz rahnamoligida sohaga qaratilayotgan jiddiy e’tibor natijasi ölaroq, bugungi kunda yurtimiz böylab qator loyihalar amalga oşirilayotgani, belgilab olingan ustuvor strategik maqsad va vazifalar qatorida hali barpo etilişi lozim bölgan loyihalar köpligi, bularning barçasi xalq manfaati, vatan ravnaqi, yurt istiqboli yölida amalga oşirilayotgani ta’kidlandi.

“Özbekgidroenergo” AJ tomonidan Sariosiyo tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda aholi farovonligi uçun energetik quvvati 3 MVtga teng, yiliga örtaça 13,3 mln kVt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi Zarçob 2a kiçik GES foydalanişga topşirildi.


















