Pandemiyaga qarshi kurashayotgan mamlakatlar yangi reytingi e'lon qilindi
BAAda vaksinatsiya darajasi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi (100 kishiga 203 doza), yangi kasallanish holatlari va o‘lim darajasi esa past.
Bloomberg agentligi navbatdagi COVID Resilience Ranking reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, BAA pandemiyaga qarshi eng yaxshi kurashayotgan davlat deb topildi.
Noyabr yakunlariga ko‘ra tuzilgan yangi reytingga dunyoning 53 mamlakati kiritildi.
Birinchi o‘ringa joylashgan BAAda vaksinatsiya darajasi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi (100 kishiga 203 doza), yangi kasallanish holatlari va o‘lim darajasi esa past. Bundan tashqari, tadqiqotchilar mamlakatda sog‘liqni saqlash va turmush darajasi yuqoriligini qayd etgan.
Chili aholi vaksinatsiyasi darajasi (100 kishiga 211 doza), turizm uchun ochiqligi, kasallanish va o‘lim holatlari kamligi tufayli birdaniga olti pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Yuqori beshtalikdan shuningdek, Finlandiya, Irlandiya va Ispaniya o‘rin egalladi.
Turkiya, Kanada, Shvetsiya, Fransiya, Daniya yuqori o‘ntalikka kiritildi.
Reytingni Vetnam (51-o‘rin), Indoneziya (52-o‘rin) va Filippin (53-o‘rin) yakunlab beradi.
Covid Resilience reytingi 12ta ko‘rsatkich bo‘yicha har oylik tahlil asosida e'lon qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar COVID-19 tarqalish sur'ati, sog‘liqni saqlash va koronavirusdan davolash sifati, aholining emlanish darajasi, kasallanish dinamikasi, o‘lim darajasi, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar kabilarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024
Apple AQShdagi eng samarali boshqaruvga ega kompaniyaga aylandi
17:18 / 03.12.2024