Jamiyat | 17:27 / 03.12.2021
1330
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘onda ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Kattaqo‘rg‘on shahrida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalarini sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Fuqaro F.J. 3 360 qutida 201 600 dona pirotexnika vositalarini 46 million so‘m evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tadbir tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Mavzuga oid