Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida jangarilar avtobusni o‘qqa tutishi natijasida 30dan ortiq inson halok bo‘ldi
Hujum uyushtirilgan maskan Mopti regioni markazida bo‘lib, bu yerda Al Qoida va IShIDga aloqador guruhlar joylashib olgan.
Malida jangarilar odamlarni bozorga olib ketayotgan avtobusni o‘qqa tutishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilishicha, avtobus Songo qishlog‘idan Bandiagara bozoriga ketayotgan vaqtda o‘qqa tutilgan.
Qo‘shni Bankass shahri meri Mulay Guindoning aytishicha, qurollangan shaxslar avtobusga o‘t ochgan, shinalarini kesib tashlagan.
Hujum uyushtirilgan maskan Mopti regioni markazida bo‘lib, bu yerda Al Qoida va IShIDga aloqador guruhlar joylashib olgan.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
19:06 / 07.06.2026