Ekologiya qömitasi axborot xizmati ma'lum qilişiça, holat Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan örganildi.
Mirzaçöl tumani, Gagarin şaharçasi, «Döstlik» MFY, Xalqlar Döstligi köçasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxt atrofi «Fayz-Baraka» MÇJ tomonidan yölak quriş işlari davomida betonlab yuborilgani ma'lum böldi.
Qömita dastlab daraxtlarning barçasi: 38 tup arça, 7 tup yasin, 1 tup tut, 1 tup akatsiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrağoç, 7 tup eldor qarağayi, 12 tup aylan daraxtlarining tagidagi betonlar buzib olingani va ularning tagi yumşatilib, parvariş qilingani haqida xabar berdi.
MÇJning uşbu işga yöl qöygan xodimlariga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylaştirilib, jarima belgilangani ma'lum qilindi.

Köp ötmay Özbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengaşi uşbu holat böyiça munosabat bildirib, qömitaning harakatlari yetarli darajada ta'sirçan emasligi ma'lum qilindi.
«Mazkur holat yuzaga kelişi mamlakatimizda «Yaşil makon» umummilliy loyihasi amalga oşirilayotgan, har bir daraxtga, bir tup bölsa-da köçat ekişga alohida e'tibor qilinayotgan bir vaqtda qator savollarni tuğdirmoqda.
Birinçidan, katta yöl yoqasida yölak quriş bir-ikki kunda bitkazib yuboriladigan kiçik iş emas. Buning uçun avvalo loyiha-quriliş işlari har tomonlama puxta rejalaştirilgan holda amalga oşirilişi zarur. Bu jarayonda esa har bir tup daraxt hisobga olinişi şart.
Şunday ekan, loyihalaş va quriliş jarayonida mutasaddilar qayerga qaraşgan? Quriliş jarayonini tuman hokimining quriliş böyiça örinbosari, tuman arxitektori nazorat qilişi kerak emasmi? Obodonlaştiriş bölimi, ekologiya inspeksiyasi qayerga qaradi?
Umuman, bu mutasaddilarning şu yerda salomatlik yölagi qurilayotgani-yu, bu yerda baravj ösib turgan daraxtlar osti betonlab taşlanayotganidan xabari bölganmikan özi? Bunday noxuş holatlarning oldini oliş, tumandagi har bir tup daraxtni himoyalaş ularning birinçi galdagi vazifasi bölişi kerak emasmi?
Özbekiston ekologik partiyasi daraxtlarga nisbatan bunday şafqatsiz munosabatni keskin qoralaydi. Bugun mamlakatimizda xalqimiz örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş maqsadida qurilayotgan piyodalar uçun qulay bölgan salomatlik yölaklari yaşil maskanlar, jumladan yon-atrofdagi daraxtlar bilan hamohangligini unutmasligimiz zarur.















