Jahon | 23:41 / 06.12.2021
28088
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik erkak bir qo‘lini yuqoriga ko‘targancha 48 yil yashab kelmoqda

Foto: Wikimedia

Hindistonlik erkak Amar Bxarati 48 yildan beri bir qo‘lini yuqoriga ko‘targan holda yashab kelmoqda. U shu tariqa Shiva ma'budiga sodiqligini isbotlamoqchi bo‘lgan, deb xabar berdi Unilad nashri.

Erkak 1973 yilgacha banklardan birida ishlab, oddiy hayot kechirib kelgan. O‘sha vaqtda uning rafiqasi va uch farzandi bo‘lgan. Biroq u to‘satdan ishini va oilasini tashlab, Shivaga o‘z hayotini bag‘ishlashga va buning isboti sifatida bir qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, uni umuman tushirmagan holda yashashga qaror qilgan.

Dastlab u bu holatdan og‘riq his qilgan. Biroq 2 yil o‘tib uning qo‘li ishlash qobiliyatini yo‘qotgani sababli og‘riq sezmay qolgan. Endilikda Bxarati asab tolalari shikastlangani sababli istasa ham qo‘lini tushira olmaydi.

“Men ko‘p narsa so‘ramayman. Nima uchun biz doimo bir-birimiz bilan kurashamiz? Nima uchun atrofda adovat va nafrat bunchalik kuchli? Men barcha hindlar tinch-totuv yashashini istayman. Men butun dunyoda tinchlik bo‘lishini istayman”, deb aytgan erkak.

Mavzuga oid