Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksilkorrupsiya agentligiga OAV xabarlari asosida normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish huquqi berildi
Prezident farmoni bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini o‘rganish asosida, shuningdek, o‘z tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga haqli etib belgilandi.
Bugun, 7 dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha choralari haqida”gi prezident qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan agentlik quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma'lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga oid ma'lumotlarni olish;
- tadqiqotlar va ma'muriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa ta'sir choralarini ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma'lumotni talab qilib olish;
- ommaviy rezonans va muhokamalar, ya'ni jamiyatning ma'lum bir hodisaga bo‘lgan hissiy munosabati, jamoatchilik e'tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlarini o‘tkazish;
Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
- ommaviy rezonans va muhokamalar, ya'ni jamiyatning ma'lum bir hodisaga bo‘lgan hissiy munosabati, jamoatchilik e'tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar bo‘yicha – o‘n kun muddatda;
- boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida – hamkor organlar bilan kelishuvga ko‘ra har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha;
- korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir bo‘lish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida – yil yakuni bo‘yicha.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini o‘rganish asosida, shuningdek, o‘z tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga haqli etib belgilandi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.03.2026
Isroil raketa to‘suvchi vositalar tanqisligi haqidagi xabarlarni rad etdi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
12:18 / 11.03.2026
Vadeful: Erondagi xaos hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligi kerak
14:52 / 28.02.2026