Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi
9-10 dekabr kunlari Vashington tashabbusi bilan “Demokratiya sammiti” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.
AQSh butun dunyodagi mustaqil jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini himoya qilish uchun katta mablag‘ ajratish niyatida. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken “Demokratiya sammiti” arafasida ma'lum qildi.
“Sammit vaqtida biz moliyaviy muammolarni boshdan kechirayotgan mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ ajratishimizni e'lon qilamiz”, — dedi Blinken.
9-10 dekabr kunlari Vashington tashabbusi bilan “Demokratiya sammiti” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sammit davlat rahbarlari, huquq himoyachilari va tadbirkorlar ishtirokida videokonferensiya rejimida bo‘lib o‘tadi. Unga 110 mamlakat va hudud taklif etilgan.
Mavzuga oid
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
20:27 / 13.07.2026
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10 / 13.07.2026