Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishtixondagi xonadondan noma'lum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan fuqaro topildi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi xonadonlarning biridan noma'lum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan fuqaro topilgan. Bu haqda tuman hokimining mazkur baxsiz hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazish haqidagi qarorida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 19 oktyabr kuni Ishtixon tumani “Namuna” MFYda yashovchi F.A.ning yashash xonadonidan bir kishining jasadi topilgan. Dastlabki surishtiruvda mazkur xonada ko‘mirning chala yonishidan ehtiyotsizlik bilan foydalanilgani aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, fuqaro noma'lum etiologik zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan.
Shu munosabat bilan tuman hokimi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevraldagi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan baxsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 64-sonli va viloyat hokimining 2021 yil 16 fevraldagi 22-sonli qarorlariga muvofiq sodir bo‘lgan baxsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Qarorda tuman mas'ullariga sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan komissiya tuzish va baxsiz hodisa sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganish vazifasi yuklangan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida 15 oktyabrdan 25 oktyabrgacha 8 kishi is gazidan vafot etgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, 29 oktyabr kuni Urgut tumanida ayol va uning ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi. Bundan tashqari, Past Darg‘om tumanidagi korxonalardan birining kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan metall konteyner ichida ikki kishi noma'lum etiologik zaharlanish bilan vafot etgan holda topilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026