Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Olmaliq yo‘lida 4ta mashina va bir avtobus ishtirokida YTH yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Dastlabki axborotga ko‘ra, 2021 yil 9 dekabr kuni soat 07:30larda, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Toshkent - Olmaliq avtomobil yo‘li 36-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Qayd etilishicha, tumanli ob-havo sharoitida, yo‘lning ko‘rinish masofasi kamligi sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan "Damas", "Nexia", "Spark", "Nexia-3" rusumli avtomobillar hamda "Isuzu" rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. YTH yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026