Jahon | 18:42 / 10.12.2021
6368
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda 2017 yilda Istanbulda sodir etilgan yirik teraktga aloqador shaxs ushlandi

2017 yil 1 yanvarda Istanbuldagi Reina tungi klubida uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan.

Foto: AP

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari 2017 yilda Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan terrorchilik hujumiga aloqador shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Bishkekda davom etayotgan terrorizmga qarshi tadbirlar doirasida terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumonlangan xorijiy davlat fuqarosi qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxsning Istanbuldagi tungi klublardan birida sodir etilgan teraktga aloqadorligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, u davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi vaqtinchalik izolyatoriga jo‘natilgan.

2017 yil 1 yanvarda Istanbulda qurollangan terrorchi Reina tungi klubida avtomatdan o‘t ochgan. Hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid