Sherzod Asadov: Prezident qarorigacha axborot xizmatlari sohasida 433 kishi ishlagan, bugun ular 1 200 nafardan ortiq
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Vazirlar Mahkamasi mas'ullari va AOKA rahbari Asad Xo‘jayev ishtirokida barcha sohalarning matbuot xizmatlari vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yetakchi xodimlar rag‘batlantirildi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlar tanqid qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4366-son qarori asosida respublika ahamiyatiga molik jami 280 dan ortiq idora, muassasa, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, viloyat, tuman shahar hokimliklarida birinchi marta, 98 ta davlat organlari va tashkilotlarida esa axborot xizmatlari qayta tashkil qilindi.
Qaror qabul qilingunga qadar axborot xizmatlari sohasida jami 433 nafar mutaxassis faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning umumiy soni 1 200 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.
Axborot xizmatlarining axborot tarqatish manbalari 2019 yilda 559 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda 1 487 taga, 2021 yil dekabr oyi holatiga 3 600 tadan oshdi. Axborot xizmatlari veb-saytlar, turli ijtimoiy tarmoqlar va video-xostinglardagi sahifalar, mobil messenjerlardagi kanallar orqali ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka o‘z sohasiga tegishli ma'lumotlarni yetkazib bermoqda”, – dedi Sherzod Asadov.

Shuningdek, prezident matbuot kotibi ayrim matbuot xizmatlarining rasmiy kanallari yangilanmasligi, veb-saytlarga materiallar muntazam joylashtirib borilmasligini tanqid qildi.
“Jumladan “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” telegram kanalida 60 dan ortiq tug‘ilgan kunlarga tabriklar joylashtirilgan. Xodimlar o‘zaro munosabatlarining rasmiy axborot manbasiga joylashtirilishi to‘g‘ri emas”, – e'tiroz bildirdi Sh. Asadov.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

17:35 / 11.06.2025
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

16:37 / 29.05.2025
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi

18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov

16:11 / 17.04.2025