Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi dronni sinovdan o‘tkazdi
Eren droni lazer yordamida portlovchi qurilmalarni masofadan turib yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Turkiya lazer quroliga ega bo‘lgan dunyodagi ilk dronni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Onado‘lu agentligi.
Eren deb nom olgan dron 500, 300 va 100 metr masofadan nishonlarni muvaffaqiyatli tarzda yo‘q qilgan.
“TÜBİTAK va ASİSGUARD mudofaa kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan Eren droni lazer yordamida portlovchi qurilmalarni masofadan turib yo‘q qila oladi”, – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, dronning maksimal parvoz balandligi 3 ming metrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026