20:56 / 12.12.2021
10555

Toshkentda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi yo‘lovchi o‘limiga sabab bo‘ldi

Toshkentda Matiz qarama-qarshi yo‘nalishdagi Lacetti’ga yo‘l bermasligi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risida ma'lumot berdi.

«Joriy yilning 11 dekabr kuni soat 17:50 larda, Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, T.Malik-Do‘rmon yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan S.R. Matiz rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormagani natijasida YTH sodir bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Natijada Matiz rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1956 yilda tug‘ilgan Z.M. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, Matiz yo‘lovchilari - 1981 yilda tug‘ilgan U.Z. va 2015 yilda tug‘ilgan Z.O., shuningdek, ikki avtomobil haydovchilari tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top