Sport | 20:40 / 13.12.2021
35975
6 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu va Messi to‘qnashuvi bekor qilindi. Buning o‘rniga uchta kuchli juftlik bor

Chempionlar ligasida 1/8 final uchun qur’a natijalarining ikkinchi varianti o‘xshamay qolgan birinchisidan yaxshiroq chiqdi.

Foto: AFP

Chempionlar ligasi 1/8 finali — takroran qur’a o‘tkazilgach hosil bo‘lgan juftliklar

  • «Zalsburg» –  «Bavariya»
  • «Sporting» – 󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «Manchester Siti»
  • «Benfika» –  «Ayaks»
  • «Chelsi» – «Lill»
  • «Atletiko» – 󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «MYu»
  • «Vilyarreal» – «Yuventus»
  • «Inter» – 󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 «Liverpul»
  • «PSJ» – «Real»

Aytish mumkinki, tashkiliy va texnik xatolar tufayli YeChL nimchorak finali uchun qur’aning birinchi varianti noqonuniy deb topilishi yaxshi bo‘ldi. Bu variantda «PSJ» — «Manchester Yunayted» juftligi qiziq afisha edi, ammo hozirgi Leo Messi va Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligi maydonda avvalgi kabi darajada emas.

Endi bu ikki yulduz to‘qnashuvi noma’lum muddatga qoldirildi, lekin muxlislar kamida uchta ajoyib qarama-qarshilik guvohi bo‘ladigan bo‘lishdi: «Atletiko» — «MYu» (Krishtianu o‘zining sevimli mijozlaridan biriga qarshi: u «matraschilar»ga 25 gol urgan, bundan ko‘pini faqat «Sevilya»ga — 27), «Inter» — «Liverpul» va «PSJ» — «Real».

Parij Madridga qarshi — shubhasiz, top-afisha, bu «PSJ» va «MYu» juftligidan yaxshi bo‘lsa yaxshiki, yomonroq emas. Kilian Mbappe o‘zining bo‘lajak klubiga qarshi, u bu klubga erkin agent sifatida yozda borib qo‘shilishi kutilmoqda. Messi Madridga qarshi — bu klassika. Argentinalik futbolchi «Santyago Bernabeu»da gol ursa, muxlislari undan 2017 yildagi kabi gol nishonlashini kutishadi.

Serxio Ramos sobiq klubiga qarshi, lekin Madridda 16 mavsum o‘tkazgan afsona bahorgi o‘yinlar vaqtida qanday formada bo‘lishi va muhim o‘yinda ishtirok etishga qay darajada tayyor bo‘lishi aniq emas. Karlo Anchelotti sobiq jamoasiga qarshi, u bu jamoa bilan Chempionlar ligasida chorakfinaldan o‘ta olmagan. Ro‘yxatni davom ettirish mumkin, ayni vaqtda Parij klubi sharafini himoya qilgan Di Mariya, Navas va Hakimi kabi futbolchilar ham Madridning sobiq vakillaridir.

Shu bilan birga, ayni vaqtda «PSJ»ni ham, «Real»ni ham Chempionlar ligasi favoriti deb atash qiyin, mavsumning birinchi qismini bu jamoalar kutilganidek yorqin o‘tkaza olishmadi. Angliyadagi grand klublar va «Bavariya»da bosh sovrin uchun imkoniyat ko‘proq baholanmoqda.

Boshqa tomondan, Chempionlar ligasi — natijani oldindan aytish qiyin bo‘lgan turnir, unda ko‘p hollarda mavsum davomida kuchli o‘yin ko‘rsatib kelgan jamoa g‘olib chiqa olmaydi. Bu turnirda tasodiflarning o‘rni juda yuqori — qur’adan tortib yetakchilarning alohida kunlardagi sport formasigacha ko‘p narsani hal qilib qo‘yadi.

Buni so‘nggi ikki mavsumga qarab ham aytish mumkin. Ikki yil muqaddam «Bavariya» qur’a o‘tkazilgan oyda Niko Kovachni ishdan haydagan, Hansi Flik esa bahorgi o‘yinlarda ham v.b edi. Ularni faqat eng optimist muxlislari yoki sarxushlargina favorit deb hisoblashi mumkin edi. Lekin barchasi qanday yakunlanganini ko‘pchilik yoddan chiqarmagan - dastlab nimchorak finalda «Chelsi» ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 7:1 (3:0, 4:1) hisobida mag‘lub etilgan, keyin Messi yetakchiligidagi «Barselona»ga yagona o‘yindan iborat chorakfinal uchrashuvida (pandemiya tufayli mini-turnir) 8 gol urilgan (8:2), yarimfinalda «Lion» (3:0), finalda «PSJ» (1:0) taslim etilgandi.

Bir yil muqaddam «Chelsi» mavsum o‘rtasida oqsoqlanayotgan jamoa edi, rahbariyat Frenk Lempardni iste’foga chiqarishga shoshilmadi va bu xato edi — u yakunda yanvarga kelib ishdan bo‘shatildi. Ko‘klar hatto 1/8 finalda «Atletiko» qarshi o‘yinlarda ham favorit emasdi. Keyin Tomas Tuxel keldi va barchasini joy-joyiga qo‘ydi. Avval nimchorak finalda Simeone jamoasiga umuman imkon berilmadi (1:0, 2:0), keyin «Portu» safarda 2:0, Londonda 1:0 hisoblarida mag‘lub etildi, yarimfinalda «Real» bilan Madridda 1:1 o‘ynaldi, uyda 2:0. Finalda «Manchester Siti» ustidan 1:0 hisobidagi ustunlik saqlab qolindi.

Bu mavsumda esa «Manchester Yunayted» mavsum o‘rtasida bosh murabbiyni o‘zgartirdi va inqirozdan o‘ziga kela boshladi...

  • Nimchorakfinal bahslari odatdagidek bahorda o‘tib, uy-safar tizimida o‘tkaziladi. Saralangan jamoalar javob uchrashuvini uyda o‘tkazishadi. 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 15/16 – 22/23 fevral kunlari, javob bahslari esa 8/9 – 15/16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid