Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg jahon iqtisodiyoti uchun bosh xavflarni ma’lum qildi
Bloomberg axborot agentligi mutaxassislari 2022 yilda jahon iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan bosh omillarni sanab o‘tishdi.
Foto: Michael Nagle | Xinhua News Agency | Getty Images
Ekspertlarning fikricha, umuman olganda jahon iqtisodiyoti rivojlanishda davom etadi, biroq unga xavf soluvchi ba’zi xatarlar mavjud. Jumladan, gap Rossiya va Ukraina o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ixtilof haqida bormoqda. Buning oqibatida gaz narxi yanada o‘sishi mumkin.
Tahlilchilar, shuningdek, 2022 yilda iqtisodiyot uchun bosh xavflardan biri yuqori inflatsiya bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. 2021 yil boshida AQShda inflatsiya 2 foiz atrofida baholangan bo‘lsa, yil oxiriga kelib u 7 foizni tashkil qilmoqda. Uning o‘sishiga iqlim o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatmoqda va bu mahsulotlar narxi oshishiga olib kelmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sishga koronavirusning yangi shtammi “omikron” ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar ushbu shtammdan o‘lim darajasi “yuqori” bo‘lsa, unda davlatlar yana qat’iy cheklovlar kiritishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa jahon iqtisodiyoti uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Mavzuga oid
18:09 / 29.04.2026
Ijobiy tendensiyalar sekinlashgan va tashqi xatarlar bor – MB raisi asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida
11:07 / 29.04.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
09:00 / 26.04.2026
Energotariflar bo‘yicha mavhumlik va budjeti kesilgan futbol - hafta dayjesti
10:53 / 24.04.2026