O‘zbekiston | 07:36 / 14.12.2021
6192
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda AES obektlarida ishlaydigan xodimlar malakasiga qo‘yiladigan talablar e’lon qilindi 

“AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi

Hujjat O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga 2-ilovaning 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasidan maqsad - Xalqaro atom energiyasi agentligining tavsiyalarini hisobga olgan holda, AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga malaka talablarini belgilash orqali AES obektlarini ekspluatatsiya qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning kadrlar salohiyatini oshirish va AES ekspluatatsiyasi xavfsizligini ta’minlash.

Qayd etilishicha, AES obektlarida ishlaydigan xodimlarning malakasiga qo‘yiladigan talablar Xalqaro atom energiyasi agentligining xavfsizlik bo‘yicha “Atom elektr stansiyalari uchun kadrlarni yollash, malakasini oshirish va o‘qitish” yo‘riqnomasining 3-bo‘limiga muvofiq belgilanadi.

Qarorda AES obektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan 84ta kadrlar lavozimiga malaka talablari belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Malakaviy talablar AES xodimlarining quyidagi toifalari kesimida belgilanadi: rahbarlar - 39ta lavozim; muhandis-texnik xodimlar - 29ta lavozim (muhandis va texnik xodimlar); xizmatchilar - 3ta lavozim (obektlarning ekspluatatsiyasi bilan bevosita shug‘ullanadi); ishchilar - 11 kasb (operatorlar, laborantlar).

Malaka talablari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan milliy malakalar ramkasi, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori va kasblarning xalqaro standart klassifikatoriga muvofiq belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid