“Toshkent IEM” AJda ikkita yangi gaz turbina qurilmalarining qurilish ishlari boshlandi
Umumiy qiymati 109,243 million AQSh dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi doirasida “Toshkent IEM” AJda 2023 yilga qadar foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan har birining quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini bunyod etish ishlari boshlab yuborildi.
Qurilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha xalqaro tan olingan talablar asosida tender e’lon qilindi va tender natijalariga ko‘ra bosh pudratchisi sifatida Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi ishtirok etmoqda.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida, markaz tomonidan yiliga qo‘shimcha 515,6 million kVt soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi, bunda yuqori tejamkor zamonaviy texnologiyalar evaziga yiliga 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Atrof-muhitga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 200,5 tonnaga kamayishiga erishiladi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 23 oktyabrdagi PQ-3981-sonli qarori hamda 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:36 / 27.04.2024
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi
22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan
10:37 / 21.02.2023
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil natijalari e’lon qilindi
19:00 / 19.01.2023