Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning yangi parlamenti tarkibiga 6ta partiya kirdi
Foto: Anadolu Agency
Qirg‘izistonda 28 noyabrda o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, 6ta siyosiy partiya parlament tarkibiga kirdi. Bu haqda saylovlarning rasmiy natijalari e’lon qilingandan keyin ma’lum qilindi.
Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 5 foizdan ko‘proq ovozni hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi “Ata-Jurt Kirgizstan”, “Ishenim” va “Intimak”, muxolif “Butun Kirgizstan”, sentristik “Iyman Nuru” va “Alyans” partiyalari to‘play olgan. Respublikada mavjud saylov tizimiga ko‘ra, “Ata-Jurt Kirgizstan” 15ta, “Ishenim” 12ta, “Intimak” 9ta, “Alyans” 7ta, “Butun Kirgizstan” 6ta va “Iyman Nuru” 5ta deputatlik mandati oladi.
Bir mandatli okruglardagi saylovlarda g‘alaba qozonganlar orasida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Said Atamboyev ham bor.
Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar aralash tizim bo‘yicha o‘tgandi: 54 deputat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 36 deputat esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan. Parlamentdagi 90 o‘ringa umumiy hisobda 1,3 ming nomzod da’vogarlik qilgan.
28 noyabrda saylov komissiyasida saylov uchastkalaridagi elektron urnalardan ma’lumotlar olish vaqtida tizimda nosozlik yuz bergandi. Buning natijasida internetda saylovlarning joriy natijalari ko‘rsatilgan sahifa ochilmay qolgan. Tizim ishga tushgach, sahifada oxirgi ma’lumotlardan farqlanuvchi ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Bu esa ba’zi partiyalar orasida norozilik keltirib chiqargandi. Saylov komissiyasi bu holatni operator tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik bilan tushuntirgan.
Respublikada 2020 yil kuzida o‘tgan parlament saylovlari unda yo‘l qo‘yilgan ko‘plab qonunbuzarliklar sababli haqiqiy emas deb topilgandi. Saylovlar natijalari norozilik namoyishlariga va buning oqibatida prezident hamda hukumatning iste’foga chiqishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026