10:12 / 15.12.2021
4293

Tsement va paxta yog‘ini birja orqali sotish muddati uzaytirildi 

Tsement va paxta yog‘ini faqat birja orqali sotish muddati bir yilga uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni prezidentning PQ-51-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, monopolist bo‘lmagan va davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan qator tovarlarni faqat birja orqali realizatsiya qilish muddati 2023 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

Ushbu tovarlar:

  • sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

Prezidentning “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 15 iyundan qator tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.

Ular orasida:

  • sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;
  • qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensati bor.
Top