O‘zbekiston | 23:48 / 16.12.2021
5371
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MDH davlatlari regionlarining birinchi forumiga mezbonlik qiladi

Foto: TASS

MDH davlatlari vakillari Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik kengashi yig‘ilishida Hamdo‘stlik davlatlari regionlarining birinchi forumini 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi.

Videoanjuman shaklida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari ishtirok etgan.

“Uchrashuv ishtirokchilari MDH davlatlarida mintaqalararo va chegaraoldi hamkorligining holatini, 2030 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi ijrosini muhokama qilishdi va tashkilotning yangi konsepsiyasi loyihasini ko‘rib chiqishdi. Yig‘ilishda, shuningdek, MDH davlatlari regionlarining birinchi forumini o‘tkazish konsepsiyasi muhokama qilindi va uni 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga qaror qilindi”, deb aytilgan xabarda.

Mintaqalararo va chegaraoldi hamkorlik kengashi 2008 yil 10 oktyabrda tashkil etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid