12:00 / 18.12.2021
14114

eSIM – bu zamonaviy texnologiyalarning yangi avlod SIM-kartalaridagi timsolidir

2021 yil 16 dekabrdan UZTELECOM yangi eSIM xizmatini ishga tushirdi – endi siz yoqimli bonuslar bilan va eng so‘nggi texnologiyalardan foydalangan holda milliy operatorning GSM mobil aloqa abonentiga aylanishingiz mumkin.

Foto: UZTELECOM

eSIM – bu aloqa xizmatlaridagi yangilikdir. Smartfonga o‘rnatilgan abonent moduli abonentni identifikatsiya qilish va uning yakuniy abonent qurilmasiga kirishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, eSIM plastik chiqindilarni istisno qiladi. Biroq u an’anaviy kartalar bilan bir xil imkoniyatlarga ega va ulardan ham afzalroq bo‘lib, ekologik jihatdan xavfsizroq va texnologik tomondan rivojlangandir.

eSIM’dan foydalanish imkoniyati eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmaga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Ushbu turdagi kartaning asosiy afzalliklaridan biri – bu xavfsizlikdir. Raqamli kartani yo‘qotish yoki shikastlash mumkin emas, bu o‘z o‘rnida barcha sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni bartaraf etadi. Shuningdek, bir qurilmaga bir nechta abonent raqamlarini ulash imkoniyati mavjud, ya’ni eSIM’da 5 tagacha raqam (profil) ulanishi mumkin. Profillar soni qurilma modeliga bog‘liq.

Foto: UZTELECOM

UZTELECOM’ning joriy abonentlari standart SIM-kartalarini eSIM’ga kompaniya ofislarida almashtirishlari mumkin. SIM-kartani almashtirish uchun siz ofisga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz kerak. SIM-karta faqatgina mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan abonentning shaxsiy murojaatiga binoan almashtiriladi.

Ulanish formatini yangilashni va milliy operator abonentiga aylanishni xohlovchilar uchun ajoyib yangilik. Faqat 2022 yilning 14 yanvarigacha eSIM’ni mutlaqo BePUL ulashingiz mumkin, bundan tashqari, ma’lum tariflarga ulanishda «oltin» toifadagi orzungizdagi chiroyli raqamlarga 70 % gacha katta chegirmalarga ega bo‘lishingiz mumkin.

UZTELECOM – milliy operator.

Sayt: uztelecom.uz

MyUZTELECOM: AppStore | Google Play

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top