Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Oziq-ovqat zaxirasini yaratish - har bir hokimning asosiy vazifasi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, baliqchilik sohasini rivojlantirish va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida davlat rahbari oziq-ovqat zaxirasini yaratish har bir hokimning asosiy vazifasi ekanini ma’lum qildi.
«Eng og‘ir va eng murakkab narsa - qanday qilib har bir viloyat va shahar, har bir tuman hokimi o‘z xalqini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashi mumkin? Oldin yer, pul, suv yo‘q edi, hozir yer ham, pul ham, suv ham bor. Lekin har bir viloyatning hokimi qanday qilib o‘zini oziq-ovqat... Go‘sht, tuxum, parranda, sabzi, piyoz qancha kerak? Kelgusi yil... shu yil yakunigacha, bemalol mana shu pishiqchilikkacha oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror yetishtirib, odamlarni rozi qilib, har bir viloyat hokimi har kuni bu to‘g‘risida o‘ylashi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda davlat rahbari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sohasida moliyaviy masalalar hal qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilganiga qaramay, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kamchiliklar saqlanib qolayotganiga e’tibor qaratdi.
Ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish, o‘z hududida zarur oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli zaxirasini shakllantirish va narxlar barqarorligini ta’minlash barcha darajadagi hokimlarning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
07:47 / 15.04.2026