Tarix, bugun va kelgusi rejalar - Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi bilan suhbat
|21:37 / 21.12.202113 76520 min
Noyabr oyida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi davlat rahbarlarining Turkiyada bölib ötgan yiğinida Kengaş Turkiy davlatlar taşkilotiga aylantirildi. Kun.uz muxbiri taşkilot faoliyati va kelgusidagi rejalar, mintaqa va dunyodagi örni borasida boş kotib Bağdod Amreyev bilan suhbat uyuştirdi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
— Turkiy davlatlar taşkilotining şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlarini qanday tavsiflagan bölardingiz? “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi” nima sababdan “Turkiy davlatlar taşkiloti” deb nomlandi?
— Darhaqiqat, bu örinli savol. Turkiy davlatlar taşkilotining xalqaro taşkilot sifatida şakllaniş jarayoniga nazar taşlaydigan bölsak, ötgan asrning 90-yillaridan boşlangan rivojlaniş bosqiçlarini sanab ötiş lozim deb hisoblayman.
Birinçi bosqiç SSSR parçalanganidan va 1992 yilda Anqarada Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Turkiya va Özbekiston prezidentlari iştirokida bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar rahbarlari sammitidan keyinoq boşlandi.
Mazkur uçraşuvlar samarali bölgani bois prezidentlar bunday sammitlarni ötkaziş amaliyotini davom ettirdi. 1994, 2001 va 2010 yillarda Istanbul, 1995 yilda Bişkek, 1996 yilda Toşkent, 1998 yilda Ostona, 2000 yilda Boku, 2006 yilda Antaliyada uçraşuvlar bölib ötgan.
Ikkinçi bosqiçni hamkorlik mexanizmimizni huquqiy jihatdan rasmiylaştiriş deb ataş mumkin. 2009 yilda Naxiçevanda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi taşkil etildi. Undan keyingi yillarda biz sohaviy hamkorligimizni institutsiyalaştiriş va TurkPA, Turkiy Akademiya va Turkiy tillar madaniyati va merosi jamğarmasi kabi affillangan platformalarni yaratişga muvaffaq böldik. Uşbu bosqiç Özbekiston tölaqonli a’zo sifatida kirişi hisobiga tuzilmamizning kengayişi bilan yakunlandi.
Joriy yilning noyabr oyida Istanbulda bölib ötgan tarixiy sammit bilan turkiy oilamiz uçun taşkilotning muhim buriliş nuqtasi sifatida yodda qoladigan uçinçi bosqiç boşlandi, a’zo davlatlar örtasidagi munosabatlar izçillik va har tomonlama hamkorlikning yangi davriga kirdi.
Turkiy davlatlar taşkiloti Istanbul sammiti
Sammit davomida turkiy davlatlar prezidentlari Turkiy kengaş nomini “Turkiy davlatlar taşkiloti” deb özgartiriş töğrisida qaror qabul qildi. Bu uning real salohiyatini röyobga çiqariş, ahamiyatini oşiriş va xalqaro hamjamiyatdagi rolini kuçaytirişga xizmat qiladi. Darvoqe, nomni özgartiriş sababi haqida. Yuridik nuqtayi nazardan, Turkiy kengaş hamişa xalqaro hukumatlararo taşkilot bölib kelgan. Bu özgariş taşkilotning huquqiy tusiga ta’sir qilmaydi. Ammo siyosiy nuqtayi nazardan, bu qadam turkiy mamlakatlar örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga kötarilgani va butunlay boşqaça mazmun kasb etganini bildiradi.
Mavzuga oid
Avvalgisidan farqli ravişda, hozirgi nom mamlakatlarimiz xalqlarining muhim ahamiyatga ega bölgan umumiy til, tarix, köp asrlik an’analar, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar bilan tavsiflanadigan yagona xususiyatga mansubligini ta’kidlaydi. Ular şuningdek, umumiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar manfaatlar orqali ham birlaşgan, bu esa umumiy geosiyosiy, iqtisodiy va madaniy makonda joylaşgan mamlakatlar uçun tabiiydir.
Bundan taşqari, köp tarmoqli hamkorlikda erişilgan yutuqlar va turkiy davlatlar rahbarlarining yanada muvaffaqiyatli integratsiyaga bölgan qat’iy irodasi ham taşkilot nomi özgarişiga xizmat qilganini işonç bilan ta’kidlaş mumkin.
— Taşkilotga a’zo davlatlar va kuzatuvçi davlatlar örtasidagi farqlar nimada? Taşkilotga turkiy bölmagan boşqa davlatlar a’zo bölişi mumkinmi?
— Ta’kidlab ötganimizdek, taşkilotimiz umumiy turkiy öziga xoslikka asoslanadi, turkiylarga xos suveren davlatlargina uning tölaqonli a’zosi böla olişi mumkin. Hozirda beş davlat taşkilotning tölaqonli a’zosi, ikki davlat esa kuzatuvçi maqomiga ega.
Qayd etiş joiz, boşqa hududiy taşkilotlardan farqli ölaroq, kuzatuvçilarimiz taşkilot faoliyatida iştirok etiş uçun kengroq vakolatlarga ega. Qoidaga köra, ular ekspert uçraşuvlaridan tortib, davlat rahbarlari sammitlarigaça bölgan özaro hamkorlikning deyarli barça formatlarida iştirok etadi. Faqat yagona farq şundaki, kuzatuvçi taşkilot qarorlarini qabul qilişda, ya’ni ovoz berişda qatnaşmaydi.
Albatta, Turkiy davlatlar taşkilotining xususiyati tarkibni çeksiz kengaytirişga imkon bermaydi va faqat rasmiy tillaridan biri turkiy tillardan biri bölgan davlatlargina kuzatuvçilar böla olişi mumkin.
Turkiy davlatlar taşkiloti Istanbul sammiti
Şu bois Istanbul sammiti davomida Turkiy davlatlar taşkiloti hamkorlari töğrisidagi Nizomni ham tasdiqladik va bu bilan tuzilmamiz uçinçi davlatlar hamda xalqaro taşkilotlar bilan konstruktiv hamkorlik aloqalarini örnatişga oçiqligini amalda körsatdik. Endilikda u yoki bu sohada özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga real hissa qöşişga tayyor bölgan har qanday davlat hamkor bölişi mumkin.
Şu örinda 15 ga yaqin mamlakat taşkilot bilan hamkorlikning turli şakllarini yölga qöyiş istagini bildirganini alohida ta’kidlamoqçiman. Biz bundan mamnunmiz va buni qadrlaymiz. Bu taşkilotimizning obro‘-e’tiboridan, uning xalqaro nufuzi muntazam oşib borayotganidan dalolat beradi.
— Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlarning transport-tranzit salohiyatini rivojlantiriş böyiça qanday rejalar mavjud? Masalan, quruqlik yoki Kaspiy dengizi orqali?
— Taşkilotimiz transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratadi. Bu yönaliş yaqinda qabul qilingan “Turk dunyosining nigohi – 2040” strategik hujjatida alohida örin egallaydi.
Barça sa’y-harakatlarimiz zamirida mamlakatlarimiz transport aloqasini ta’minlaş yotadi. Şu nuqtayi nazardan, Transkaspiy xalqaro örta yölagini Şarq va Ğarb örtasidagi eng qisqa, xavfsiz va raqobatbardoş transport boğlamasiga aylantiriş masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaqin istiqbolda asosiy e’tiborimiz taşkilotga a’zo davlatlarda transport va tranzit tartib-qoidalarini, jumladan, zamonaviy raqamli vositalardan foydalaniş orqali yengillaştirişga qaratiladi. Bular, birinçi navbatda, «eTIR», «ePermit» va «eCMR». 2020 yil noyabrida Xalqaro avtotaşuvçilar ittifoqi (XAI) bilan hamkorlikda Özbekiston va Qozoğiston örtasida “raqamli TIR” pilot loyihasini işga tuşirdik. Kelgusi yil boşida Qirğizistonni ham jalb etiş orqali uşbu loyihani kengaytiriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, biz dunyoda birinçi bölib Özbekiston va Turkiya örtasida «ePermit» loyihasini test rejimida işga tuşirdik. Hozirda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bilan birgalikda mamlakatlarimizda «eCMR» vositasini joriy etiş böyiça işlar olib borilmoqda.
Özbekiston Transport vazirligi Turkiya tomoni bilan kelişgan holda ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib sinov avtokarvonini taşkil etdi
Yana bir vazifamiz – transport hamkorligining huquqiy asoslarini takomillaştiriş. Xususan, taşkilot doirasida Kaspiy dengizi orqali transport operatsiyalarini amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan qöşma taşuvlar töğrisidagi hukumatlararo bitim loyihasi ustida işlayapmiz.
Taşkilotimiz şuningdek, Özbekiston va Ozarboyjon örtasida xalqaro avtomobil taşuvlari töğrisida şartnoma tuziş böyiça muzokaralar jarayonlariga ham öz hissasini qöşmoqda. Joriy yil aprel oyida mazkur hujjat matnini kelişiş uçun ikki davlat ekspert uçraşuvlari taşkil etildi. Tez orada imzolaş ötkaziladi, degan umiddamiz.
Bevosita transport operatorlari — dengiz va quruqlik portlari, logistika markazlari örtasidagi harakatlarni samarali muvofiqlaştirişni rejalaştirmoqdamiz. Buning uçun biz «Birodarlaşgan portlar» mexanizmini yaratdik. Joriy yilda Turkiyaning Mersin porti bilan bir qatorda Özbekistonning uçta logistika markazi – Toşkentdagi «Universal Logistics Services», Andijondagi «Axtaçi» va Surxondaryodagi «Termiz kargo sentr» logistika markazi mazkur jarayonga qöşildi va kelgusi yilda uning navbatdagi uçraşuvini Özbekistonda ötkazişni möljallamoqdamiz.
— Taşkilot savdo vazirlari yiğilişida a’zo davlatlar uçun özaro imtiyozli va erkin savdo rejimlarini örnatiş, bojxona tartib-qoidalarini yengillaştiriş hamda mavjud tarifli va tarifsiz tösiqlarni bartaraf etiş haqida söz yuritildi. Bu borada qanday işlar amalga oşirilmoqda? Taşkilotlar örtasidagi iqtisodiy aloqalar Yevropa ittifoqi darajasiga yetişini kutsa böladimi?
— Oxirgi savolingizdan boşlaylik — iqtisodiy nuqtayi nazardan Yevropa ittifoqi darajasiga erişiş. Savdo-iqtisodiy sohada özaro hamkorlik qilişda a’zo davlatlarimizning ayrimlari allaqaçon yagona iqtisodiy hududni yaratişga qaratilgan boşqa integratsiyaviy jarayonlarda iştirok etayotganidan kelib çiqamiz. Şunga köra, yaqin istiqbolda bu masala taşkilotimiz kun tartibidan örin olmagan.
Bunga qaramasdan, «Turk dunyosining nigohi – 2040»da közda tutilgan uzoq muddatli istiqboldagi asosiy vazifamiz a’zo davlatlar örtasida tovarlar, kapital, xizmatlar, texnologiyalar va odamlarning erkin harakatlanişiga erişişdir.
Şuningdek, savdo tösiqlarini bartaraf etiş, savdo jarayonini yengillaştiriş va mintaqada inklyuziv iqtisodiy rivojlaniş böyiça kelişilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun «Savdoni osonlaştiriş strategiyasi» loyihasini işlab çiqdik. Hujjat ustidagi işlarni yakunlab, kelgusi yil davomida qabul qilişni maqsad qilganmiz.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga a’zo-mamlakatlar vazirlarining uçraşuvi
Bundan taşqari, siz aytib ötgan iqtisodiyot va savdo vazirlarining uçraşuvida xizmatlar va investitsiyalar böyiça erkin savdo rejimi töğrisida bitim tuziş ustida iş olib borişga kelişib oldik. Kelgusi yilda uni imzolaymiz.
Tovarlarning imtiyozli savdosiga kelsak, mamlakatlarimiz ikki tomonlama asosda bunday şartnomalar tuziş yölidan bormoqda. Masalan, 2020 yilning fevral oyida Ozarboyjon va Turkiya örtasida imtiyozli savdo töğrisidagi bitim imzolangan. Bu, şubhasiz, bojxona tariflarini pasaytiriş, eksport-import operatsiyalari uçun qulay şart-şaroit yaratiş orqali özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşirişga xizmat qilmoqda. Özbekiston va Turkiya örtasida ham xuddi şunday hujjat ustida faol iş olib borilmoqda.
Şuningdek, Turkistonda “Turon EIH” birinçi turkiy iqtisodiy hududni taşkil etiş ham kun tartibidan örin olgan. Şu bilan birga, Turkiy davlatlar Savdo-sanoat palatasi va Işbilarmonlar kengaşi faoliyatini faollaştiramiz. Ular çindan ham turkiy mamlakatlarda tadbirkorlikni rivojlantirişning samarali vositalariga aylanişi mumkin. Bundan taşqari, elektron tijoratni rivojlantirişning huquqiy asoslarini yaratiş borasida iş ketmoqda.
Hozirda asosiy sa’y-harakatlarimiz Turkiy investitsiya jamğarmasi kabi moliya institutlarini yaratiş va samarali faoliyat körsatişiga yönaltirilgan. U sarmoyaviy va infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, kiçik va örta biznesni rağbatlantirişga qaratilgan.
Körib turganingizdek, iqtisodiy kun tartibimiz juda boy va serqirra. Eng muhimi, ular töliq amalga oşirilişi mumkin va barça mamlakatlarimiz manfaatlariga birdek javob beradi.
— Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlar örtasida migratsiya tartibini soddalaştiriş va işçi kuçi almaşinuvi töğrisida bitimlar imzolanişi mumkinmi?
— Bu masala, ayniqsa, pandemiya davrida juda dolzarb. Migratsiya jarayonlarini tartibga soliş borasida zimmamizga katta vazifalar yuklangan. 2020 yilning aprel oyida bölib ötgan onlayn sammit çoğida davlat rahbarlariga pandemiya tufayli oğir ahvolda qolgan turkiy tilli davlatlar fuqarolari uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça topşiriqlar berildi.
A’zo davlatlarning tegişli organlari bu vazifalarni bajarişga jiddiy yondaşdi. Biz pandemiya sababli sayohatga qöyilgan çeklovlar ortidan mamlakatlarimiz hududida qolgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş böyiça sermahsul işlarni yölga qöydik. Bundan taşqari, fuqarolarni öz mamlakatlariga qaytariş uçun maxsus reyslar taşkil etildi.
Albatta, bu xayrli işlar bilan nafaqat turkiy davlatlar, balki butun dunyo şuğullandi. Bu jarayonlarning muhim farqi, a’zo davlatlarning birodarlik va hamjihatlik ruhida jipslaşib harakat qilganida.
Migratsiya jarayonlarini tartibga solişga kelsak, birinçi navbatda, a’zo davlatlarning turkiy davlatlar hududida vaqtinça bölib turgan fuqarolari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş zarur. Bu viza rejimini soddalaştiriş, işlaşga ruxsat oliş va suğurta va arzon tibbiy yordam bilan ta’minlaş orqali ularni ijtimoiy himoya qilişga taalluqli.
Mamlakatlarimiz örtasida soddalaştirilgan migratsiya tartibining tegişli huquqiy asoslari allaqaçon mavjud. Masalan, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston fuqarolari Turkiyada 90 kundan ortiq bölmagan muddatga vizasiz qolişlari mumkin. Turkiya fuqarolari esa Qirğiziston va Ozarboyjonda 90 kun, Özbekiston va Qozoğistonda 30 kungaça vizasiz qolişlari mumkin.
Hozirda migratsiyaning soddalaştirilgan tartibi böyiça köp tomonlama kelişuv imzolaşga şoşilinç zarurat yöq deb öylayman. Ammo qonuniy mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qiliş böyiça bitim imzolaş imkoniyati bor. Bu amaliyot Özbekiston va Turkiya örtasida mavjud. Uşbu tajribani köp tomonlama şaklda tatbiq qiliş fuqarolarimiz uçun juda foydali va zarur deb hisoblaymiz.
Migratsiya jarayonlarining öziga xos tomoni şundaki, fuqarolarimiz boradigan davlat tilini örganişlariga, mahalliy an’ana va urf-odatlarga moslaşişlariga töğri kelmaydi. Aynan madaniy va lingvistik umumiylik yangi muhitga tez moslaşiş uçun ulkan imkoniyatlar taqdim etadi.
— Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasini qanday baholaysiz?
— Özbekistonning taşkilotga kirişi turkiy dunyo birligini mustahkamlaşda muhim voqea böldi. Mamlakatning töla huquqli a’zo sifatida iştirok etişi nafaqat butun turkiy dunyoning tub manfaatlariga javob beradi, balki uning ösib borayotgan imkoniyatlari va geosiyosiy joylaşuvini hisobga olgan holda taşkilot faoliyatiga kuçli turtki beradi, a’zo davlatlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi va Turkiy davlatlar taşkilotining kun tartibini diversifikatsiya qiladi.
Özbekiston turkiy dunyoning ajralmas qismi sifatida taşkilotimizni şakllantirişda unga rasman kirişidan ilgari ham iştirok etib kelgan. U hamişa ma’naviy merosi turkiy-islom sivilizatsiyasining asosiy negizlaridan biri, iqtisodiy va madaniy beşigi bölgan mamlakat bölib kelgan va şunday bölib qoladi. Mamlakatning Turkiy davlatlar taşkilotiga kirişi turkiy dunyo birligini mustahkamlaşdagi tarixiy voqea böldi.
Özbekiston taşkilotga qöşilişi bilan boşqa a’zo mamlakatlarimiz taşkilotga nisbatan öz qaraşlarini qayta körib çiqdi va uning doirasidagi faoliyatini yanada faollaştirdi hamda uşbu tuzilmaning mintaqaviy manfaatlarini ilgari surişdagi roliga katta umid boğlay boşladi.
Bunda mamlakatlarimiz örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning har tomonlama rivojlanib borayotgani ham xizmat qildi. Masalan, Özbekiston taşkilotga qöşilganidan keyin mamlakatning Turkiya, Qozoğiston va Qirğiziston bilan savdo aylanmasi bir neça baravarga oşdi. Nihoyat, eng asosiysi, yaqinda Özbekiston va Qozoğiston öz strategik munosabatlarini ittifoqçilikning yangi bosqiçiga kötardi, bu, nazarimda, tarixiy voqea hisoblanadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil oktabr, 2020 yil aprelda Bokuda, 2021 yil mart oyida Turkistonda va 2021 yil noyabrda Istanbulda bölib ötgan sammitlarda ilgari surilgan aniq taşabbuslar tufayli taşkilotga a’zo davlatlar örtasida özaro manfaatli şeriklik uçun ilgari foydalanilmagan imkoniyatlar oçilmoqda.
Özbekiston tomonidan ilgari surilgan pragmatik taklif va taşabbuslar taşkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy va transport-logistika yönalişini mustahkamlaşga yordam beradi hamda umumiy tariximizni yanada taraqqiy ettiriş va madaniy merosimizni ommalaştiriş, şuningdek, turkiy xalqlarning yaqinlaşişiga xizmat qiladi.
Masalan, ötayotgan yil turkiy dunyo uçun muhim voqealar bilan samarali böldi. Bunda Özbekistonning rolini baholamasdan bölmaydi. Joriy yilning iyun oyida Qöqon şahrida turizm vazirlarining 6-yiğilişi bölib ötdi, unda avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi. Tomonlar uşbu loyihani har tomonlama qöllab-quvvatlab, uni amalga oşiriş böyiça işçi guruh tuziş va mamlakatlarimizdagi ziyoratgohlarning turistik xaritasini yaratişga kelişib oldi.
Istanbulda bölib ötgan media forum doirasida ötkazilgan Turkiy kengaşga a’zo mamlakatlar mustaqilligining 30 yilligiga bağişlangan raqamli körgazmaning ramziy oçilişi
Bundan taşqari, Qöqon şahri ilk bor “Turk dunyosining turistik poytaxti” deb e’lon qilindi. 2022 yil davomida bu şaharning turizm salohiyati va brendini tarğib qiliş maqsadida a’zo davlatlarimizda keng kölamli tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Joriy yilning sentyabrida Özbekistonda ilk bor Özbekiston rahbari taşabbusi bilan “Yoş tadbirkorlar forumi”ni ötkazdik, unda turkiy mamlakatlardan 250 nafardan ortiq yoş tadbirkorlar iştirok etdi. Forum doirasida taşkilotimiz yoşlar va sport işlari vazirlarining 5-yiğilişi ham bölib ötdi.
Xiva şahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan sentabr oyida Xivada “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari çorrahasida” xalqaro madaniyat forumi, şuningdek, TURKSOYga a’zo davlatlar madaniyat vazirlari doimiy kengaşining 38-yiğilişi bölib ötdi.
«InnoWeek-2021» innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida ötkazilgan tadbirdan lavha
Joriy yilning noyabr oyida Toşkentda «InnoWeek-2021» innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Turkiy mintaqada innovatsiyalar va texnologik taraqqiyotning roliga bağişlangan maxsus forum taşkil etiş orqali IT-mutaxassislari uçun maydonça taqdim etdik.
Qolaversa, Özbekiston bilan hamkorlikda Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoşğariy, Alişer Navoiy hayoti va faoliyatiga bağişlangan anjumanlar singari qator xalqaro tadbirlarni taşkil etdik.
Özbekiston prezidenti Şavkat Miromonoviç taşabbusi bilan Turkiy davlatlar taşkilotining Alişer Navoiy nomidagi “Turk dunyosi birligiga qöşgan hissasi uçun” xalqaro mukofotining ta’sis etilişi muhim voqea böldi.
Özbekiston kelgusi yilda öz faolligini yanada köproq namoyiş etadi degan fikrdamiz. Zero, Özbekiston taşkilotimizning yangi nom bilan ötadigan ilk sammitini özida ötkazişni taklif qilgani bejiz emas.
— Geosiyosiy nuqtayi nazardan Turkiy davlatlar taşkilotining mintaqada tinç-totuv yaşaş va umumiy farovonlikni ta’minlaşdagi roli va örnini qanday baholaysiz?
— Ekspertlar hamjamiyati va tahliliy doiralar Turkiy davlatlar taşkilotining paydo bölişini Yevrosiyo makonidagi “yangi geosiyosiy voqelik” sifatida baholamoqda. Bizningça, ham şunday.
Ha, biz, avvalo, muştarak turkiy oilamiz – umumiy öziga xoslik asosidagi yaqinlar yiğinimiz. Bundan taşqari, a’zolarimizning umumiy ehtiyojlariga qaratilgan öz kun tartibimiz bor. Biroq mintaqaviy taşkilot sifatida bizning harakatlarimiz xoh davlat yoki taşkilot bölsin, aslo uçinçi tomonga qarşi qaratilmagan.
Men bu haqda köp marta gapirganman, taşkilotimiz faoliyati davomida taşqi dunyo bilan munosabatlarda heç qanday muammo yoki e’tirozlar bölmagan. Aksinça, taşkilotimiz bilan hamkorlikni yölga qöyişga qiziqiş ortib bormoqda. Bu tinç-totuv yaşaş va farovonlik tarafdori ekanligimizni yana bir bor körsatib beradi.
Naxiçevan bitimida tinçlikni mustahkamlaş, mintaqada va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaşga birgalikda hissa qöşiş istagimiz yaqqol ifodalanganiga e’tibor bering. Muhimi şu.
Maqsadimiz – tenglik, özaro işonç, özaro manfaatdorlik, özaro maslahatlaşuvlar va hamkorlikda rivojlanişga intiliş ruhida yaxşi qöşniçilik, hamjihatlik va hamkorlikning ulkan salohiyatini işga soliş.
Biz umumiy manfaatlarimiz yölida uçinçi tomonlar bilan pragmatik va konstruktiv hamkorlikka tayyormiz.