
Onlayn va oflayn şaklda taşkil etilgan anjumanda Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi örinbosari Mirvohid Azimov, Qirğiziston Raqamli iqtisodiyot vaziri örinbosari Zalkarbek Karibekov hamda AKT mutaxassislari va ekspertlar iştirok etdi.

Tadbirdan maqsad turkiy davlatlarda ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar rivojlanişining bugungi holatini tahlil qiliş hamda uşbu sohalardagi manfaatli hamkorlik istiqbollarni belgilab oliş, davlat taşkilotlari va xususiy sektor örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, innovatsion ğoyalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari surişdan iborat.

Forumning birinçi panel sessiyasi «Hududiy texnologik rivojlaniş: keça va bugun» mavzusida ötkazildi. Unga Turkiya savdo-sanoat palatasi boş kotibi Adem Kula moderatorlik qildi. «Axborot texnologiyalarining turkiy modeli va texnologiyalar transferida hamkorlik» mavzusidagi panel sessiyasiga Turkiy davlatlar taşkiloti loyiha direktori Farrux Jumayev moderatorlik qildi.












