Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBBda maktablar bilan ishlovchi alohida katta inspektor lavozimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi shtat birliklari doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalarida 1 nafardan oliy pedagogik ma’lumotga ega, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boruvchi alohida katta inspektor lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Ta’lim muassasalarida xizmat qiluvchi katta inspektor:
- ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, viktorina va musobaqalarni tashkil etadi, tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi, maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni o‘rganadi, monitoring qiladi va baholaydi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnomalar, axborotnomalar kiritadi;
- ta’lim muassasalarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi;
- har haftada Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot beradi.
Xalq ta’limi vazirligi:
- Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir umumta’lim maktabi 9–11 sinf o‘quvchilari orasidan yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qiluvchi 1 nafar “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi”ni tanlab olish choralarini ko‘radi;
- Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda ta’lim muassasalarida ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubini tashkil etadi;
- namunaviy loyihalar asosida ta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” hamda “Yo‘l harakati qoidalari hududlari”ni tashkil etish chorasini ko‘radi hamda yo‘l harakati xavfsizligiga oid ko‘rgazmali vositalar bilan bosqichma-bosqich jihozlaydi.
Mavzuga oid
12:12 / 05.02.2026
Yo‘l harakatida ayrim huquqbuzarliklar uchun ogohlantirish joriy etiladi
21:28 / 03.11.2025
Toshkentda Gentra haydovchisi YPX xodimini kapotida sudrab ketdi. Uning hisobida 144 ta qoidabuzarlik borligi aniqlangan
10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
14:55 / 20.06.2025