Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 4 nafar o‘quvchi tahsil oladigan maktab filiali talablarga javob bermasligi uchun yopildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumani Sarto‘ldi qishlog‘ida joylashgan 15-maktab filialidagi holat tasvirlangan video tarqalgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Tuman hokimligi axborot xizmati video yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati XTB, Qamashi tuman hokimligi, tuman XTB mas’ullari ishtirokida joyida o‘rganish olib borilgan. Qishloqqa tuman hokimi Botir Tog‘ayev borgan.
Mas’ullarning axborotiga ko‘ra, Sarto‘ldi qishlog‘ida 37 ta xonadon va 41 nafar o‘quvchi bor. O‘quvchilarning aksariyati 15-maktabda tahsil oladi. Faqat 4 nafar (2-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 1 nafar, 4-sinfda 2 nafar) bola qishloqdagi hashar yo‘li bilan qurilgan maktab filialida ta’lim olib kelmoqda. Ushbu qishloqdagi maktab filiali komplekt-sinf ko‘rinishida shakllantirilgan.
Sarto‘ldi qishlog‘idan 15-maktabgacha bo‘lgan oraliq masofa 12 kilometrni tashkil etadi. Holat o‘rganilganda maktab filiali binosi foydalanishga yaroqsiz deb topilgan va 21 dekabr kunidan yopilgan. Filialda tahsil oladigan 4 nafar o‘quvchining 15-maktabda o‘qishi uchun tuman hokimligi hisobidan avtotransport vositasi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Shuningdek, aholining demografik o‘sishini hisobga olib 2023 yilda ushbu hududda 60 o‘rinli maktab qurilishi uchun investitsiya dasturiga taklif kiritilishi ma’lum qilingan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan video 2021 yil 19 dekabr yakshanba kuni mahalliy fuqaro tomonidan “ssenariy” asosida tasvirga olinganligi ma’lum bo‘ldi. Unda o‘quvchilar soni 11 nafarni tashkil etgan. Tegishli hujjatlarga asosan, videotasvirdagi o‘quvchilarning 4 nafaridan ortig‘i ushbu filial-maktabda tahsil olmaydi”, — deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
10:40 / 02.02.2026
Qamashida yo‘lni qordan tozalash ishlariga maxsus texnikalar jalb etildi
12:15 / 13.10.2025
Qashqadaryoda nafaqadagi harbiy xizmatchi qotillikda gumonlanmoqda
08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi
18:46 / 31.05.2025