Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida ikki ayol qotillik qurboni böldi. Bu haqda Daryo.uz öz manbasiga tayanib, xabar berdi. Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, qotillik keça, 12 oktabr kuni sodir etilgan. Qotillikda gumonlanayotgan şaxs oilaning kuyovi bölgan. Nafaqadagi harbiy xizmatçi bölgan erkak hozirda maktabda öqituvçi bölib işlagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi qölga olingan.
Qotillik qurboni bölgan ayollar kim ekani hozirça oçiqlanmadi.

















