Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanining eng olis hududlaridan biri hisoblangan «Qiziltepa» MFY Qiziltom qişloğida sönggi kunlarda yoğgan qalin qor oqibatida Maydanak observatoriyasi hamda Qiziltom qişloği örtasidagi avtomobil yölida harakat çeklanib qolgan.

Ma’lum qilinişiça, yuzaga kelgan holatni tezkor bartaraf etiş maqsadida viloyat hokimi rahbarligida Qaşqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi va boşqa tegişli taşkilotlar vakillaridan iborat işçi guruh taşkil etilgan.
Qaşqadaryo viloyati FVB boşliği polkovnik Farhod Mirzayev rahbarligida şaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar — greyder, buldozer va boşqa uskunalar yordamida yölni qordan tozalaş işlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, vaziyatni bartaraf etiş uçun yetarli kuç va vositalar jalb qilingan bölib, holat töliq nazoratga olingan.

















