Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxs 360 mln sömlik soliq qarzdorligini tölamagani sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan ğişt işlab çiqaruvçi MÇJning soliq qarzdorligini töliq tölamasdan, zavodga nisbatan qöyilgan taqiqni özining mansabdor tanişlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab beriş evaziga MÇJ rahbaridan 4000 AQŞ dollari talab qiladi.
DXXning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda IJQKD hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3000 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu noqonuniy işga aloqador bölgan Qamaşi tuman soliq inspeksiyasi boşliğining örinbosari ham 3000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















