Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda singlisini himoya qilish bahonasida fuqaroni o‘ldirgan yigit va uning sheriklariga hukm o‘qildi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida singlisini himoya qilish bahonasida fuqaroni o‘ldirgan yigit va uning sheriklariga hukm o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Koson tumanida yashovchi yigit boshqa bir yigitni singlisi bilan gaplashib yurganlikda gumon qilib, uni o‘ldirish rejasini tuzgan. Bu uchun u telegramda qiz bola nomidan akkaunt ochib, jabrlanuvchi yigit bilan munosabatga kirishadi va joriy yil 22 mart kuni tunda uni o‘ldirish uchun uchrashuvga chaqiradi. Shuningdek, bu haqda uch nafar qarindoshiga aytib, qotillik rejasini ular bilan pishitib oladi.
Yigit uchrashuvga kelgach, qizning akasi unga o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan zarba beradi. Ammo yigitga kuchi yetmaydi. Shu payt qarindoshlar jabrlanuvchining qo‘llaridan tutib turishadi. Qizning akasi esa uni pichoqlab o‘ldiradi.
So‘ng ular marhumga tegishli mashinada Koson tumanida joylashgan Uyrat qishlog‘iga borishadi va jasadni eski quduqqa tashlab yuborishadi. Marhumning mashinasidagi qon izlarini tozalashadi va u yerda bo‘lgan 20 million so‘m pulni olib ketishadi.
Uzoq davom etgan tergov jarayonlaridan so‘ng to‘plangan hujjatlar sudda ko‘rib chiqiladi. Sud hukmiga ko‘ra, qizning akasiga 19 yil, uning ikki nafar sherigiga 18 yil, yana biriga 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026