Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TikTok ommaboplik bo‘yicha Google’ni ortda qoldirdi
O‘tgan yili TikTok ommaboplik bo‘yicha 7-o‘rinni egallagandi.
TikTok qisqa videoroliklar platformasi eng ommabop domenlar reytingida yetakchi bo‘ldi, deb yozadi Cloudflare.
Mazkur platforma ommaboplik borasida Google’ni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.
Ommabop domenlar orasida uchinchi o‘rin Facebook’ga nasib etdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili TikTok ommaboplik bo‘yicha 7-o‘rinni egallagandi.
Reytingda top-10talik quyidagicha joylashgan:
1. TikTok.com
2. Google.com
3. Facebook.com
4. Microsoft.com
5. Apple.com
6. Amazon.com
7. Netflix.com
8. YouTube.com
9. Twitter.com
10. WhatsApp.com
Eslatib o‘tamiz, TikTok – O‘zbekistondagi faoliyati cheklangan 5ta internet platformasidan biri. “O‘zkomnazorat” 2 iyuldan boshlab TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qo‘ygandi.
15 dekabr kuni Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
00:25 / 08.02.2026
TikTok foydalanuvchilarda qaramlik keltirib chiqaradi - Yevrokomissiya
23:14 / 21.12.2025
Olimlar qisqa videolarning aqliy qobiliyatga salbiy ta’sir qilishini tasdiqlashdi
16:19 / 31.10.2025