Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatchilari faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud majlislari OAVda translatsiya qilinadi
“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, jamoatchilik nazorati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik protsessual va Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi, davlat xaridlari to‘g‘risidagi, ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunlarga tegishlicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Fuqarolik protsessual va Jinoyat-protsessual kodekslarining tegishli moddalariga taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislarining ommaviy axborot vositalarida translatsiya qilinishi mumkinligi to‘g‘risidagi yangi normalar kiritilmoqda.
2020 yil 8 iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuniga ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ovchilik uchun ruxsat berish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarning ochiq e’lon qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi talablarning belgilanishi bilan qonunning 36-moddasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunini 17-1-moddasi bilan to‘ldirish (xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirishning ochiqligi), Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasini beshinchi qism bilan to‘ldirish (maxsus axborot portalida mavjud amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi, davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiyaning tasdiqlangan a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib borish) taklif etilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026