Kömir sotadigan maskanlar ham şu kunlarda ança «qimirlab» qolgan. Qişloq odamlari köklamga eson-omon çiqib oliş haqida öylaydi.
Farğona viloyatining ayrim qişloqlarida «opilka-peçka» ança ommalaşgan. Odamlar sovuq kunlar boşlanmasdan sexlariga avvaldan pulini tölab, yoğoç qipiğini xarid qilib qöyişar ekan. Çunki qişda opilka narxi kötarilib ketadi.


Qöştepa tumani Dörmon qişloğidagi yoğoçga işlov beriş sexida işlovçi Muhammadzoir Ne’matovdan yoğoç qipiği haqida söradik. Uning aytişiça, bir pritsep «opilka» sexda 2-3 oyda töplanar ekan. Ayni paytda bir pritsep opilka narxi örtaça 2 million sömdan sotilayotgan ekan. «Mavsum»da «opilka» narxi 2,5–3 million sömgaça kötariladi.

Xöjalik mollari sotiladigan dökonlarning biridan «opilka-peçka»ni qidirib topdik. Sotuvçi bunday peçka 150 ming sömdan sotilayotganini aytdi.


Söng alomat peçka qanday işlaşini biliş maqsadida şu qişloqda yaşovçi fuqarolardan biri Rözmatjon Nazirov xonadoniga kirdik. Xonadon sohibi qoplarda qipiqlarni qişga hozirlab qöygan ekan.

Rözmat aka peçkaning işlaşi, uy isitiş uçun qulay bölgan tomonlarini sanab ötdi.
«Gaz kelmay qöyganidan keyin «opilka» yoqişni boşlaganmiz. Yaxşi tomoni — undan hid çiqmas ekan. Nafas yöllari kasali bilan oğriyotgan bemorlar uçun bu ayni muddao. Turmuş örtoğimning kömir va ötin tutuniga allergiyasi bölgani uçun ham arratopon (qipiqni şunday deyişar ekan — S.Z.) sotib oldik. Uning eng qulay tomoni — hidi yöqligi.
















