Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml 2024 yilgi prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident sayloviga oid mavzu tilga olingan yig‘ilishlarda amaldagi prezident Vladimir Putinning ehtimoliy kampaniyasi haqida so‘z borgan.
Kremlda 2024 yilgi prezident sayloviga tayyorgarlik boshlandi. Bu mavzuga oid muhokamalar yoz faslidayoq boshlangandi, deb yozadi RBK o‘z manbalariga tayanib.
Prezident sayloviga oid mavzu tilga olingan yig‘ilishlarda amaldagi prezident Vladimir Putinning ehtimoliy kampaniyasi haqida so‘z borgan, degan agentlik manbalari.
«Aniq nomzod bilan bog‘liq kampaniya muhokama qilinmoqda. Hozircha boshqa variantlar yo‘q», — deb ta’kidlagan manbalardan biri.
Shu bilan birga, Kremldagi muhokamalarda Putin saylovda qatnashish borasida qaror qabul qilgani to‘g‘risida umuman so‘z bormagan.
Vladimir Putinning o‘zi 2024 yildagi saylovda qatnashishi masalasida hozircha bir qarorga kelmaganini aytgandi.
Aprelda Putin o‘ziga yana ikki marta davlat rahbarligiga saylanish imkonini beruvchi qonunni imzolagan. Hujjat Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq qabul qilingan.
Davlat dumasi 24 mart kuni Vladimir Putinning prezidentlikka qayta saylanish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatishga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:45 / 13.06.2026