21:47 / 27.12.2021
17441

“NATO Rossiya bilan qurolli nizoga tayyorlanmoqda” – Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari

Aleksandr Fominning so‘zlariga ko‘ra, NATOning 2019 yilgi harbiy strategiyasida Rossiya «ochiqchasiga koalitsion xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida» belgilangan.

Foto: NATO / Baltic Battalion

NATO Rossiya bilan keng miqyosdagi qurolli nizoga tayyorlanmoqda. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin ana shunday fikr bildirdi.

«Blokning harbiy qurilishi to‘laligicha Rossiya bilan yirik miqyosdagi qurolli nizoga tayyorlanishga qaratilgan», — dedi u.

Fominning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansining doktrina hujjatlarida, xususan, NATOning 2019 yilgi harbiy strategiyasida Rossiya «ochiqchasiga koalitsion xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida» belgilangan.

«Rim deklaratsiyasi haligacha o‘z kuchida qolgan. Unda Rossiya va alyans bir-birini dushman sifatida ko‘rmasligi aytilgan. Bu 2010 yilda Lissabonda bo‘lib o‘tgan Rossiya-NATO kengashi sammitida tasdiqlangan», — dedi Fomin.

21 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning Rossiya chegarasida qilayotgan harakatlarini yana bir bor agressiv deb atab, bunga qarshi harbiy choralar ko‘rishga haqli ekanini ta’kidlagandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top