Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Yevroittifoq belgilagan jarimani to‘lashdan bosh tortdi
Polsha shaxtada ko‘mir qazishni to‘xtatmagani uchun YeIga 200 million zlotiy (43,5 million yevro) jarima to‘lashi lozim.
“Turov” shaxtasi / Foto: ZUMA / TASS
Polsha “Turov” shaxtasi faoliyatini to‘xtatishni rad etgani uchun Yevropa ittifoqi belgilagan jarimani to‘lamaydi. Bu haqda Polsha hukumati matbuot kotibi Petr Myuller ma’lum qildi.
Polsha shaxtada ko‘mir qazishni to‘xtatmagani uchun YeIga 200 million zlotiy (43,5 million yevro) jarima to‘lashi lozim.
28 oktyabrda mamlakat adliya vaziri va bosh prokurori Zbignev Zebro Varshava Yevropa adliya sudi belgilagan jarimalarni to‘lamasligi kerakligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha “Turov” shaxtasi bo‘yicha ham, sud tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ham belgilangan jarimani to‘lashi kerak emas.
27 oktyabrda YeI sudi Varshava oliy sud intizom palatasini tugatishni rad etgani uchun Polshaga har bir sutka uchun bir million yevro miqdorida jarima belgilagandi. YeIning fikricha, ushbu organ Polsha sud hokimiyati mustaqilligiga putur yetkazmoqda.
21 sentyabrda YeI “Turov” ko‘mir shaxtasini yopishni rad etgani uchun Polshaga sutkasiga 500 ming yevrodan jarima belgilagan. Varshava shaxta faoliyati rasman to‘xtatilmagunicha belgilangan jarimani to‘lashi lozim. Bryussel shaxta Chexiyaning ekologiya tizimiga zarar keltirmoqda degan fikrda.
Mavzuga oid
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
15:06 / 11.02.2026
Yevroparlament boshpana berish bo‘yicha yanada qat’iy qoidalarni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026
Yevroparlament 2040 yilgacha YeIning iqlim maqsadlari haqidagi qonunni qabul qildi
11:17 / 10.02.2026