OAVda Rossiya qurolli kuchlari S-550 tizimi bilan qurollana boshlagani ma’lum qilindi
Rossiya yangi S-550 zenit-raketa majmuasining sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan va tizim jangovar navbatchilikka kirishgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin manba TASS axborot agentligiga xabar berdi.
“S-550’ning davlat sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Majmuaning birinchi brigadasi jangovar navbatchilikka kirishgan”, deb ma’lum qilgan manba.
Uning ta’kidlashicha, S-550 raketalar hujumidan strategik mudofaa tizimining mutlaq yangi mobil tizimi bo‘lib, dunyoda muqobillarga ega emas. U bir necha o‘n ming kilometr balandlikdagi fazoviy qurilmalar, qit’alararo ballistik raketalar jangovar bloklari, gipertovushli obektlarni nishonga ura oladi.
Manba shu tariqa past balandliklarga mo‘ljallangan “Pansir” zenit raketa-zambarak majmualari, uzoq masofalarga mo‘ljallangan S-350, S-400, S-500 va fazoda qo‘llashga mo‘ljallangan S-550 zenit-raketa tizimlaridan iborat havo-raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi shakllantirilganini aytgan.
Shu bilan birga, TASS S-550 borasidagi axborotning rasmiy tasdig‘ini olmagan.
S-550 yaratilgani haqida birinchi marta Rossiya mudofaa vazirligining 9 noyabrdagi selektor yig‘ilishida aytilgan. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligi va mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari rahbariyati bilan o‘tkazgan yig‘ilishda S-550’ni qo‘shinlarga yetkazilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qurollar qatorida eslab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024