Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘lim jazosi butkul bekor qilindi
Qozog‘istonda rasman o‘lim jazosi bekor qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti axborot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda o‘lim jazosi rasman bekor qilinganini tasdiqlovchi qonunni imzolagan.
2021 yil 2 yanvarda Qozog‘iston prezidenti o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgandi. O‘shanda Qozog‘iston mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan vaqtda sodir etilgan o‘ta og‘ir harbiy jinoyatlar uchun o‘lim jazosini belgilash huquqini saqlab qolgan edi. Noyabr oyida esa To‘qayev o‘lim jazosi hech qanday istisnosiz bekor qilinishi kerakligini taklif etdi.
To‘qayev bugun imzolagan hujjatga ko‘ra, mamlakatda jinoyat kodeksi, jinoyat-protsessual kodeksi va bir qator qonunlarga o‘zgartirish kiritilgan. Jinoyat kodeksidagi istisno sifatida o‘lim jazosini qo‘llash bandi butunlay olib tashlangan.
Mavzuga oid
18:47
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
20:56 / 12.06.2026